- Bosh sahifa
- Biz haqimizda
Bizning o'quv markaz
«Zamaxshar» o‘quv markazi – bu ta’limning yangi bosqichi! 2021-yilda tashkil etilgan markazimiz bugungi kunda 500 dan ortiq o‘quvchiga ta’lim bermoqda. 92,5% o‘quvchilarimiz oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirib, yuksak natijalarga erishmoqda. Zamonaviy va an’anaviy ta’lim usullarini uyg‘unlashtirib, yoshlarning intellektual rivojlanishini ta’minlaymiz!
Nega aynan Zamaxshar
«Zamaxshar» o‘quv markazi nomi buyuk alloma Mahmud az-Zamaxshariy sharafiga tanlangan. U arab tilini mukammal o‘rganib, ilm-fan sohasida yetuk allomalar qatoriga kirgan. Bizning asosiy maqsadimiz ham – o‘quvchilarimizni o‘z sohasida «Zamaxshariy» darajasiga olib chiqishdir.
Bizning tarix
«Zamaxshar» o‘quv markazi 2021-yilda Suhrob Chorshanbiyev tomonidan tashkil etilgan. Dastlab kichik guruhlarda ta’lim berish bilan boshlangan markazimiz bugungi kunda yuzlab o‘quvchilarga sifatli ta’lim taqdim etmoqda. Biz an’anaviy va innovatsion metodlarni uyg‘unlashtirib, yoshlarning yuksalishiga xizmat qilamiz.
Zamaxshar bilan kelajak bugundan boshlanadi!
Sizda savollar bormi? Biz javob beramiz!
Zamaxsharga qanday yozilish mumkin?
Telefon orqali bog‘lanish yoki markazimizga kelib ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham murojaat qilsangiz, administratorlarimiz yordam beradi.
Darslar qanday o‘tiladi?
Darslar asosan oflayn o‘tiladi. Uyga vazifalar onlayn tekshiriladi. Zarur hollarda onlayn darslar ham tashkil qilinishi mumkin.
O‘qituvchilar tajribali va sertifikatlanganmi?
Ha, barcha o‘qituvchilarimiz o‘z sohasida tajribaga ega bo‘lib, ko‘pchiligi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega.
Chegirmalar yoki grantlar bormi?
Ha, nogironligi bor shaxslarga 50-100% gacha chegirma, bir oiladan ikki o‘quvchi kelgan taqdirda esa 10% chegirma mavjud. Kam ta’minlangan oilalar uchun maxsus grantlar taqdim etiladi.
Sertifikat beriladimi?
Hozircha biz faqat milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlaymiz. Ichki sertifikat tizimi ustida ish olib borilmoqda va tez orada joriy qilinadi.
Sinov darslari bormi?
Ha, har bir yangi o‘quvchi bepul sinov darsida ishtirok etishi mumkin.
O‘quv materiallari va qo‘llanmalar bormi?
Ha, o‘zimizning muqovali o‘quv qo‘llanmalarimiz bor. Har bir fan bo‘yicha to‘liq test materiallari ham taqdim etiladi.